Jamiyat | 11:22 / 05.09.2017
9684
3 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik oldidan 48 ta tuhfa

Foto: KUN.UZ

Kuni kecha barcha qulayliklarga ega, zamonaviy va milliy me'morchilik an'analarini o‘zida uyg‘unlashtirgan, ko‘rkam va shinam “Yoshlar” uylariga ko‘chib o‘tgan yosh oilalar soni yana 48 taga ko‘paydi. Farg‘ona shahrining “Yangi yo‘l” MFYda qad rostlagan yangi “Yoshlar” uyi mustaqillikning 26 yillik to‘yi oldidan yosh oilalarga ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi. Go‘zal Oxunova “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibasi, shuningdek bir qator Respublika tanlovlar g‘olibi. Mazkur “Yoshlar” uylaridan biri unga ham nasib etdi.

Mazkur to‘rt qavatli turar joy binosi “Farg‘ona tarqqiyot  qurilish servis” MChJ quruvchilari tomonidan 5 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi. Undagi 2 va 3 xonali xonadonlarda yosh oilalar uchun barcha zarur qulayliklar mujassam bo‘lishiga alohida e'tibor qaratilgan. Ana shunday shinam xonadonlardan biri sportning muaytay bo‘yicha xalqaro musobaqlar g‘olibi Iqboljon Asqarovaga ham nasib etdi. 

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

48 xonadolardan yana biri ona-tili va adabiyot fanidan Respublika fan-olimpiadasida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan Inomjon Nishonovga ham nasib etdi. Inomjon uchun mustaqillikning 26 yil tantanasi qo‘shaloq bayram bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Avgustning 3-sanasida uning xonadonida qizaloq dunyoga kelgan bo‘lsa, 23-sanada esa unga “Yoshlar” uyi topshirildi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Shu o‘rinda qayd etish joiz, ayni paytga qadar viloyatda ipoteka krediti asosida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, nufuzli xalqaro va mamlakat tanlov hamda festivallarida g‘olib bo‘lgan, fan, san'at, adabiyot, sport va boshqa sohalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yosh oila vakillariga “Yoshlar” uylari berildi. Yaqin kunlarda Marg‘ilonda barpo etilgan yana bir 32 xonadonga mo‘ljallangan “Yoshlar” uyi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 

Ahror Ziyo, Farg‘ona

Mavzuga oid