Sport | 17:46 / 05.09.2017
12974
2 daqiqa o‘qiladi

«Jahon chempionatiga sizlar ham chiqasiz». Muxlislar klubi o‘yinga tayyor

4 sentabr oqshomida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidan yorug‘ yuz bilan qaytgan bokschilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Kun.uz» muxbiri aeroport hududida O‘zbekiston terma jamoasi fan klubi raisi Abdurahmon Fozilovdan intervyu oldi.

U barcha o‘zbekistonlik muxlislarni o‘yinga kelib, jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Fozilovning ma'lum qilishicha, muxlislar klubi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan.

«Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolaman. Biz o‘yinga katta tayyorgarlik ko‘rdik. Stadionga 15 mingta sharf qo‘yilgan. Kimning omadi kelgan bo‘lsa, u oladi. Shuningdek, o‘rindiqlarga chiroyli manzara hosil qilish uchun maxsus qog‘ozlar o‘rnatilgan. Va bular hammasi emas.

Keling. Barcha yomon xayollarni chekkaga surib, stadionga keling, O‘zbekiston bayrog‘ini yelkangizga ilib, stadionga tashrif buyuring, yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlang.

Unutmang. Jahon chempionatiga futbolchilar va siz aziz muxlislar ham chiqasizlar. Yaxshilab e'tibor bering, futbolchilar bilan sizlar ham», degan u.

 

Mavzuga oid