Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda Parijdagi Luvr muzeyi filiali ochiladi
Joriy yilning 11 noyabrida Abu-Dabida Parijdagi Luvr muzeyining filiali ochiladi. Bu haqida BAA madaniy muassasasining matbuot relizida so‘z yuritiladi.
Muzeyning ochilishi sharafiga ko‘ngilochar dasturlar tashkillashtiriladi, dastur doirasida konsertlar va raqqoslarning chiqishlarini tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Tadbirda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ishtirok etadi.
Fors ko‘rfazidagi Saadiyat orolida joylashgan filial kolleksiyasida 700ga yaqin san'at asari bo‘ladi. Ular BAA rahbariyati bilan birga Fransiya hukumati tomonidan ham taqdim etilgan. Zamonaviy san'at bo‘limida muzey mehmonlari Eduard Mane, Pol Gogen, Pit Mondrian, Ay Veyvey va boshqa musavvirlarning ishlarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, muzey hududida jahon dinlariga bag‘ishlangan galereya faoliyat yuritadi.
Muzeyda, shuningdek, haykaltaroshlik namunalari ham namoyish qilinadi.
Abu-Dabi Luvri chiptalari kattalar uchun 60 dirham (16 dollar)dan va yoshlar (13-22 yosh) uchun - 30 dirham (8 dollar). 13 yoshgacha bolalar uchun muzeyga kirish bepul.
BAA poytaxtidagi Luvr filialining qurilishi 2009 yilda start olgan. Uning ochilishi bir necha marta orqaga surilgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025