Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Babayan matbuot anjumanidan qochdi, terma jamoa futbolchilari esa mikst-zonadan
JCh-2018 III saralash bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi (0:0) dan so‘ng, terma jamoamiz guruhda 4-o‘rinni egallab, jahon chempionatiga chiqishdan mahrum bo‘lganidan xabaringiz bor.
O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaniga kelgan bosh murabbiy Samvel Babayan qisqacha chiqish qilib, jurnalistlarning savollariga javob bermasdan qochib ketgani haqida avvalroq xabar berib o‘tgan edik.



Futbolchilardan intervyu olamiz degan niyatda to‘plangan 20 ga yaqin mahalliy jurnalistlar mikst-zonada futbolchilarni yechinish xonasidan chiqishlarini 1 soatga yaqin vaqt mobaynida poylab turishgan.


FIFA o‘rnatgan rasmiy qonun-qoidalarga ko‘ra, futbolchilar rasmiy o‘yindan so‘ng mikst-zonada jurnalistlar oldidan o‘tishlari shart, aks holda mamlakat Futbol federatsiyasiga nisbatan moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.

Ushbu qoidalarni ochiqdan-ochiq inkor etgan futbolchilarimizning yashirin yo‘laklardan o‘tib avtobusga chiqayotganini suratga olayotgan KUN.UZ muxbiriga O‘FF matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayev ishlashda monelik qilgan.
Mavzuga oid
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
13:00 / 12.11.2022
Poytaxt klublarining 21 yillik hukmronligi davom etadimi? Toshkentda derbi, Kapadze – Berdiyev, Qosimov Babayanga qarshi
19:03 / 14.09.2022
O‘FA jurnalistga tazyiq o‘tkazgan Samvel Babayanga chora ko‘rdi
16:54 / 12.09.2022