Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buryatiyada O‘zbekistonning uch fuqarosi 30 ta qo‘yni o‘g‘irladi
Rossiyaning Ulan-Ude shahri Sovetsk tuman sudi O‘zbekistonning uch fuqarosiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini 3 noyabrga qadar uzaytirdi. Ular qo‘ylarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda, deb xabar berdi sud matbuot xizmati.
Ayblanuvchilar 2017 yilning mart-may oylarida Buryatiyaning to‘rt tumani va Ulan-Udeda qo‘ylar hamda yirik qoramollarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanishgan. Hammasi bo‘lib 30 ta qo‘y o‘marilgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, nomi ochiqlanmagan ayblanuvchilardan ikki nafari Rossiya hududida noqonuniy ravishda istiqomat qilib kelgan.
Ular 200 ming rubllik jarimaga tortilishlari, yoki besh yilga ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.
Mavzuga oid
11:56 / 28.05.2025
Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
13:38 / 19.10.2024
Toshkent viloyatida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark” yonib ketdi
10:22 / 08.07.2024