Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avvaldan rejalashtirilgan bosqinchilik jinoyati fosh etildi
Yunusobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Amir Temur ko‘chasida sodir etilgan bosqinchilik jinoyati bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB.
Jumladan, 2017 yilning 4 sentabr kuni tungi taxminan soat 22:30larda, A.S.A., M.Sh.Q. va A.B.B. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida bo‘la turib, fuqaro K.A.T.ning yoniga kelib, uni qo‘l va oyoqlari bilan urib, “Samsung Galaxy DUOS” rusumli uyali telefonini hamda 20.000 so‘m naqd pullarini egallab, jinoyat joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov davrida M.Sh.Q. jinoyat sodir etilishidan bir necha kun avval tanishlari A.B.B. va A.S.A. bilan bosqinchilik sodir etishni rejalashtirib olganliklari, so‘ng M.Sh.Q. internet orqali go‘yoki “Liliya” ismli qiz sifatida K.A.T. bilan tanishganligi va u bilan “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali suxbatlashib turganliklari, oradan biroz muddat o‘tib, u K.ni uchrashuvga taklif qilganligi, o‘z navbatida M.Sh.Q. mazkur jinoyatni sodir etishdagi sheriklari bilan avvaldan uchrashib olib, Amir Temur ko‘chasi, 115-uyning yoniga kelganliklari, K. ham shu yerga kelgan vaqtida uni urib, uyali telefoni va pullarini olib qo‘yib, hodisa joyidan yashiringanliklari aniqlangan.
Mazkur jinoyatni sodir etganlikda M.Sh.Q., A.S.A. va A.B.B.ning aybi to‘liq isbotlanib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) bilan ayblov e'lon qilindi.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
21:12 / 18.04.2025