Jahon | 08:49 / 09.09.2017
5036
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada zilziladan keyin uch kunlik motam e'lon qilindi

Meksika prezidenti Enrike Penya Neto mamlakatda yuz bergan kuchli zilzila vaqtida halok bo‘lganlar xotirasiga uch kunlik motam e'lon qildi. U bu haqda 8 sentabrda ma'lum qilgan. 

“Bugun, ertaga va indinga zilzila vaqtida halok bo‘lganlar xotirasiga uch kunlik motam bo‘ladi”, deb aytgan prezident.  

Meksika sohillari yaqinida yuz bergan zilzila UTC vaqti bilan soat 04.49da qayd qilingan. Zilzila kuchi 8,2 magnitudani tashkil qilgan. Uning o‘chog‘i 33 km chuqurlikda bo‘lgan. 

Meksika prezidenti ushbu zilzilani mamlakat tarixida oxirgi 100 yil ichida yuz bergan eng kuchli zilzila deb atadi.

Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 60 nafarga yaqinlashdi

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid