Jamiyat | 00:02 / 10.09.2017
32231
2 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar 22 yoshli qizning qornidagi 12 kilogrammli kistani payqashmadi

Atigi ikki yil ichida olti kiyim o‘lchamiga semirib ketgan qiz nihoyat unga nima bo‘layotganini bilishga muvaffaq bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, ikki yil davomida uning ichida kista o‘sib kelib, hozir uning og‘irligi 12 kilogrammga yetgan. 

Foto: life.ru

O‘tgan oyda 22 yoshli Lia Stafford qornidagi og‘riqlardan shikoyat qilib, shifokor huzuriga borgan, biroq shifoxonada xavotirga o‘rin yo‘qligi aytilib, qizni uyiga qaytarib yuborishgan. The Sun'ga ko‘ra, bunday javob qizni qoniqtirmagan va u boshqa shifoxonaga borgan - u yerda qiz UTT tekshiruvidan o‘tkazilib, qornida tarvuz hajmiga teng kista aniqlangan. Shifokorlar qizning tanasidan 10,5 litr suyuqlik chiqarib, kistaning tuxumdonlar va peshob tizimiga bosim o‘tkazayotganini aytishgan, bu esa qizning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Foto: life.ru

Lia g‘azabga kelib, shunday katta hajmdagi kistani ko‘rmagan birinchi shifoxona xodimlariga janjal uyushtirdi, zero endi qizning hayotini saqlab qolish uchun uning bir tuxumdonini olib tashlashga to‘g‘ri keladi. Lia yetkazilgan zararni qoplash maqsadida Chesterfild qirollik gospitalini sudga berdi. Gospital rahbariyati batafsil tekshiruv o‘tkazilgunga qadar voqeaga izoh berishdan bosh tortdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid