Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peru Argentina bilan o‘yinni boshqa stadionga ko‘chirishni so‘ramoqda
Peru futboli rahbarlari FIFAga JCh-2018 saralash musobaqasining Argentinaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvini (5 oktabr) Buenos-Ayresdagi «La Bombonera» stadionidan boshqa arenaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda AP.
«Bu stadionda bizning delegatsiya vakillari va ushbu tarixiy bellashuvga keladigan minglab perulik ishqibozlar xavfsizligini kafolatlash mushkul bo‘ladi», - deyiladi Peru futbol assotsiatsiyasining FIFA bosh kotibi Fatma Samuraga yo‘llagan maktubida.
2015 yilda «La Bombonera»da bo‘lib o‘tgan «Boka Xuniors» va «River Pleyt» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mehmonlar futbolchilari mahalliy fanatlar hujumiga uchragani tufayli to‘xtatilgandi. Ishqibozlar futbolchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazga o‘xshash bo‘lgan moddani qo‘llashgan.
Mavzuga oid
18:01 / 25.04.2025
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi
17:50 / 16.04.2025
Peru sobiq prezidenti pul yuvishda ayblanib 15 yilga qamaldi
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
18:20 / 16.03.2025