Sport | 22:55 / 14.09.2017
6270
2 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun XOQning axloq bo‘yicha komissiyasi raisiga aylandi

Foto: EPA-EFE/YONHAP SOUTH KOREA OUT

BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining axloq bo‘yicha komissiyasi raisiga aylandi. Bunday qaror XOQning Limada o‘tgan 131-sessiyasida qabul qilingan.

Pan Gi Mun BMTning 8-bosh kotibi bo‘lgan va bu lavozimni 2007 yil 1 yanvaridan 2016 yil 31 dekbrgacha egallab kelgan.

“Men uchun XOQning axloq bo‘yicha komissiyasi raisi bo‘lib ishlash katta sharaf va imtiyozdir. Men bu jiddiy javobgarlikni zimmamga olaman. Fikrimcha, axloq istalgan tashkilotning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur jihatdir va shu sababli men BMTda madaniyat va axloqni oshirish uchun barcha ishni qilganman. Sizni ishontirib ayta olamanki, XOQ ishiga ancha hissamni qo‘sha olaman”, deb aytdi Pan Gi Mun.

Pan Gi Mun ushbu lavozimga yagona nomzod bo‘ldi va XOQning ko‘pchilik a'zolari tomondan qo‘llab-quvvatlandi, unga 73 kishi ovoz bergan, 4 kishi qarshi chiqqan, 5 kishi bataraf qolgan.

Pan Gi Mun bu lavozimni kamida 2021 yilgacha egallaydi.

Mavzuga oid