London metrosida portlash yuz berdi
London metrosining «Parsons-Grin» bekatida portlash yuz berdi. Bu haqda Britaniya OAV xabar bermoqda.
«Biz «Parsons-Grin» metro bekatida ro‘y bergan hodisadan xabardormiz. Xodimlar voqea joyida ishlashmoqda», - deyiladi politsiyaning tvitterdagi xabarida.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida taxminan 20 kishi jabrlangan. Bu haqda LBC xabar berdi.
«Mening ustimdan olov shari o‘tib ketdi. Sochlarim yonib ketdi, biroq yanada jiddiyroq jarohat olgan kishilar ham bor», - degan guvohlardan biri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashga sabab bo‘lgan qurilma metro vagonidan chiqadigan joyda bo‘lgan.
Shuningdek, The Sun'ning xabar berishicha, sapyorlar otryadi ikkinchi portlovchi qurilmani zararsizlantirish bilan shug‘ullanmoqda.
Hodisa joyiga aksilterrorchilik politsiyasi xodimlari yetib kelgan.
Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:16 / 23.11.2024
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024