Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Skype’dan foydalanishga taqiqlovni bekor qiladi
Saudiya Arabistoni ovozli va videoaloqa (IP-telefoniya) dasturlaridan foydalanishga kiritilgan taqiqlovni bekor qiladi, deb xabar bermoqda The National nashri. Taqiqlov 20 sentabrda bekor qilinadi.
“Telekommunikatsiya sektoridagi sheriklar bilan hamkorlikda qo‘ng‘iroqlar uchun dasturlardan taqiqlovni bekor qilamiz”, deb aytgan Saudiya Arabistonining telekommunikatsiyalar bo‘yicha vaziri Abdulloh bin Amir al-Savaha.
Uning aytishicha, bu dasturlarga ular qanoatlantirishi kerak bo‘lgan bir qator talablar qo‘yiladi. Bu qanday talablar ekanligi ma'lum qilinmagan. Nashrning yozishicha, Skype’dan u qirollikda bir yil oldin taqiqlanmasdan avval keng foydalanilgan.
Ta'kidlash joizki, ayni vaqtda Skype’ga tartibga soluvchi idora tomondan ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, u BAAda ishlaydi. Qolgan shunga o‘xshash dasturlar BAAda taqiqlab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025