Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh KXDRga qarshi kuch qo‘llashning samarali variantlarini ishlab chiqdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyaga qarshi kuch qo‘llashning samarali choralarini ishlab chiqdi. Bu haqda u Merilend shtatida joylashgan Endryus harbiy bazasidagi nutqi vaqtida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda USA Today.
«Bugun bu yerda bizning salohiyat va sizning sodiqligingizni ko‘rib, men shunga ishonch hosil qildimki, bizning bu tahdidga javob tariqasidagi harakatlarimiz variantlari ham samarali, ham kuchli hisoblanadi», - deya ta'kidlab o‘tgan Tramp.
AQSh prezidentining qo‘shimcha qilishicha, AQSh va uning ittifoqchilari o‘z xalqlarini «ularning hayot tarziga xavf uyg‘otmoqchi bo‘lgan barchadan» himoya qiladi.
Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti KXDRga «yo‘q qilib tashlash» bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025