Sport | 20:38 / 19.09.2017
16518
4 daqiqa o‘qiladi

Hafta o‘rtasida TOP o‘yinlar

Yevrokuboklar dam oladigan bu hafta o‘rtasida bir qator mamlakat chempionatlarida tur o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, ba'zilari kubok uchrashuvlari o‘tkaziladi. Tribuna.Uz haftaning eng muhim uchrashuvlariga to‘xtalib o‘tadi.

Germaniya bundesligasi, 5-tur

Shalke - Bavariya (19 sentabr, 23:30 Match!Futbol 3)

Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi kurash qizg‘in kechishi tabiiy. «Bavariya»da ham «Shalke»da ham bir xilda 9tadan ochko mavjud. Faqat to‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich evaziga myunxenliklar uchinchi o‘ringa borishmoqda

Qiziq fakt.
«Shalke» «Bavariya»ga qarshi so‘nggi 15 o‘yinda faqat bir marta g‘alaba qozongan. O‘z uyida kechgan so‘nggi 7 o‘yinning beshtasida mag‘lubiyatga uchragan (1 g‘alaba, 1 durang).

Angliya liga kubogi, 1/16 final

Lester - Liverpul (19 sentabr, 23:45)

Angliyada hafta o‘rtasida tur uchrashuvlari o‘tkazilmaydi. Lekin uning o‘rniga nufuzi jihatdan uchinchi musobaqa sanalgan Liga kubogi o‘yinlari boshlanadi. Bu bosqichning markaziy uchrashuvlaridan biri shubhasiz «Lester» va «Liverpul» jamolari o‘rtasida kechadi

Qiziq fakt
Bu ikki jamoa Liga kubogi doirasida shu kunga qadar faqat bir marta to‘qnash kelgan bo‘lib, 31 yil muqaddam 1986 yil bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Liverpul»ning qo‘li baland kelgan — 4:1.

Italiya A seriyasi, 5-tur
Yuventus - Fiorentina (20 sentabr, 23:45, Match! Futbol 2)

Mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan «Yuventus» bir tekis o‘ynay olmayotgan «Fiorentina»ni qabul qiladi. Federiko Bernardeski sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Qiziq fakt
«Fiorentina» «Yuventus»ga qarshi turinda kechgan A Seriya doirasidagi so‘nggi beshta uchrashuvning barchasida yutqazgan, boshqa turnirlarda esa (Italiya Kubogi, Yevropa Ligasi) so‘nggi ikki uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramagan.

Latsio - Napoli (20 sentabr, 23:45, Match TV)
Italiya A seriyasi peshqadami «Napoli» peshqadamlarni izma-iz ta'qib qilib kelayotgan Rimning «Latsio» klubi mehmoni bo‘ladi. «Latsio» hozircha uydagi uchrashuvlarni yaxshi o‘tkazmoqda. «Napoli»ga qarshi ham bu yurishni davom ettira olishadimi, buni ertaga bilib olamiz.

Qiziq fakt
«Latsio» «Napoli»ga qarshi o‘z uyida kechgan so‘nggi beshta uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti (4 mag‘lubiyat, 1 durang). Rimdagi so‘nggi uch o‘yindan beri esa hattoki gol ham ura olmasdan mag‘lub bo‘lmoqda.

Ispaniya La-ligasi, 5-tur
Atletik Bilbao - Atletiko Madrid (20 sentabr 23:00)
Ispaniyaning nomi bir-biriga o‘xshab ketadigan bu ikki jamoasi o‘rtasidagi bahsda so‘nggi yillarda madridliklarning ustunligi ko‘zga tashlanmoqda. Bu safar bilbaoliklar bu an'anaga barham berishga urinib ko‘rishadi.

Qiziq fakt
«Atletik» madridliklarga qarshi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda o‘z uyida kechgan so‘nggi 5 uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchragan. So‘nggi marta «Atletik» 2013 yilning yanvarida «Atletiko»ni yuta olgan.

Bu haftada yana bir qator e'tiborga molik uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi:

Ispaniya La-ligasi, 5-tur
Barselona - Eybar (20 sentabrga o‘tar kechasi, 01:00)
Real Madrid - Betis (21 sentabrga o‘tar kechasi, 01:00)

Angliya Liga kubogi, 1/16 final 
Vest Bromvich - Manchester Siti (20 sentabr, 23:55)

Mavzuga oid