Messining pokeri "Barselona"ga yirik g‘alaba olib keldi
Ispaniya chempionatining 5-turida "Barselona" o‘z uyida "Eybar"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 6:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Mezbonlar safida Messi poker qayd etgan bo‘lsa, Paulino hamda Denis Suares 1tadan gol urishdi. Mehmonlarning yagona goli Enrik tomonidan kiritildi.
Shuningdek, "Valensiya" ham o‘z uyida "Malaga"ga qarshi maydonga tushib, 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Dzadza o‘z hisobiga 3ta gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Santi Mina hamda Rodrigo 1tadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
Barselona – Eybar 6:1 (2:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 20, penalti Messi, 2:0 – 38 Paulino, 3:0 – 53 Denis Suares, 3:1 – 57 Enrik, 4:1 – 59 Messi, 5:1 – 62 Messi, 6:1 – 87 Messi.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Din, Nelson Semedu, Pike, Inesta (Serdji Roberto, 63), Buskets (Rakitich, 65), Denis Suares, Paulino, Deulofeu (Aleish Vidal, 75), Messi.
Eybar – Dmitrovich, Galves, Paulu Oliveyra, Junka, Kapa (Penya, 65), Dani Garsiya (Rivera, 77), Eskalante, Inui, Jordan, Arbilya, Enrik (Sharles, 72).
Ogohlantirishlar: Kapa (10), Galves (80).
Valensiya – Malaga 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 17 Santi Mina, 2:0 – 55 Dzadza, 3:0 – 60 Dzadza, 4:0 – 63 Dzadza, 5:0 – 86 Rodrigo.
Valensiya – Neto, Montoyya, Gabriel, Murilo, Toni Lato, Soler, Kondogbia (Pereyra, 65), Parexo (Maksimovich, 73), Gonsalu Gedesh, Santi Mina, Dzadza (Rodrigo, 67).
Malaga – Roberto, Migel Anxel, Ernandes, Diyego Gonsales (Bess, 70), Rikka, Rolon (Ontiveros, 61), Mula (Anor, 61), Kuzmanovich, Resio, Xoni Rodriges, Rolan.
Ogohlantirishlar: Rikka (83).
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024
«Barselona» Dani Olmo transferini e’lon qildi
17:50 / 19.07.2024