Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada "minalashtirilgan" binolardan 100 mingga yaqin kishi ko‘chirildi
19 sentabr kuni Rossiyaning 14 ta shahri, shu jumladan Moskvada ham 100 mingga yaqin odam o‘zlari bo‘lib turgan binolardan ko‘chirildi. Bunga noma'lum g‘arazgo‘y kimsalarning "minalashtirilgani" haqidagi yolg‘on xabarlari sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"152 ta bino va inshootda tekshiruv ishlari o‘tkazish maqsadida odamlar ko‘chirildi. Umumiy hisobda qariyb 100 ming kishi ko‘chirildi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Savdo va ijtimoiy inshootlarda portlovchi qurilmalar joylashtirilgani xususidagi navbatdagi anonim qo‘ng‘iroqlar to‘lqini 19 sentabr kuni Rossiyaning qator shaharlarida tarqaldi. Jumladan, Moskva, Salexard, Rostov, Volgograd, Yekaterinburg, Astraxan va Voronej shaharlarida ham shunday qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan.
Bu kabi anonim qo‘ng‘iroqlar bir haftadan buyon Rossiya bo‘ylab davom etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar olib borgan amaliy choralar natijasida tahdidlar tasdiqlanmadi. Bir hafta davomida jami bo‘lib 200 mingdan ortiq inson ko‘chirilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025