Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni videoqo‘ng‘iroqlarga taqiqlovni bekor qiladi
Saudiya Arabistoni hukumati WhatsApp va Skype messenjerlaridagi ovozli qo‘ng‘iroqlarga nisbatan joriy qilingan taqiqlovni bekor qiladi. BBC shu haqida xabar berdi.
Aloqa vazirligida ma'lum qilinishicha, 20 sentabrdan Voice over Internet Protocol (VoIP) foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi. Saudiya hukumati "qoidalar"ga rioya qilishdan bosh tortgani uchun VoIP'ni bloklab qo‘ygandi.
Bundan avval Snapchat Qatarning Al Jazeera telekanalini bloklagan edi.
Saudiya rasmiylari Qatar tarmog‘ini "ekstremizmni qo‘llab-quvvatlovchi zararli va targ‘ibotchi kanal" deya ayblashgan.
Ta'kidlash joizki, hukumat 400 ming veb-saytni bloklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan 2011 yilgi "arab bahori"dan so‘ng Saudiya Arabistonida internetda senzura kuchaygan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025