Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzTrade Nyu-Yorkda savdo uyi ochdi
O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «O‘ztreyd» AJ AQShning Nyu-Yorkdagi shahrida yangi savdo uyi ochdi. Bu haqda UzDaily.uz xabar bermoqda. Savdo uyi eksport hajmini oshirish, AQSh bozorida pozitsiyalarni mustahkamlash va ikki tomonlama munosabatlarni bosqichma-bosqich keng qamrovda rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
«O‘ztreyd» kompaniyasining qayd etishicha, savdo uyi negizida o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini namoyish etuvchi doimiy shou-rum ishlaydi.
Ma'lum qilinishicha, «O‘ztreyd» vakillari 20 sentabr kuni o‘zbek-amerika ishbilarmon doiralari ishtirokida tashkil etiladigan biznes-forumda qatnashadi. Forum ishtirokchilari savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.
Forum yakunida Amerikaning yirik kompaniyalari bilan savdo hamkorligi bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Xususan, to‘qimachilik mahsulotlari, quruq mevalar va O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan boshqa mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va bitimlarga erishiladi.
Mavzuga oid
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi
21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
00:47 / 21.09.2023