O‘zbekiston | 21:32 / 21.09.2017
57941
2 daqiqa o‘qiladi

Muborak gazni qayta ishlash zavodida​ halokat ro‘y berdi

Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodida favqulodda holat yuz berdi. Kun.uz'ga ma'lum qilinishicha, yuz bergan halokatda 3 nafar ishchi halok bo‘lgan, shuningdek, tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilganlar ham bor.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Kun.uz muxbiri Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati, Qashqadaryo viloyati mutasaddi vakillari bilan bog‘landi. Xodimlarning aytishicha, halokatli holat yuz bergan, ammo bu ish o‘rganilmoqda va tez orada hodisa sabablari oshkor etiladi.

Muxbir surishtiruv boshlaganiga uzoq vaqt o‘tganiga qaramay, Muborak gazni qayta ishlash zavodida nima yuz bergani va unda jabr ko‘rganlar bo‘yicha rasmiy ma'lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash hodisa joriy yilning fevral oyida ham yuz bergandi. Unda Farg‘ona shahridagi «Farg‘onaazot» korxonasida portlash yuz berib, bir necha kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid