Jamiyat | 09:37 / 21.09.2017
21872
1 daqiqa o‘qiladi

Vebster universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi

Vebster universiteti (Webster University, AQSh) o‘z filialini O‘zbekistonda ochadi.

20 sentabr kuni Vebster universitetining Toshkent shahrida filialini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi. Hujjat Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi yakunlari bo‘yicha imzolangan.

Vebster universiteti filiali MDH mamlakatlaridagi Amerika oliy ta'lim muassasasining birinchi to‘laqonli filiali bo‘ladi.

Joriy yilning iyun oyi oxirida O‘zbekistonda ilk bor AQShdagi nufuzli universitet fakulteti ochilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid