Video: Hakamning ishiga politsiyachi aralashdi
20 sentabr oqshomida «Byornli» va «Lids» o‘rtasida kechgan Angliya Liga kubogi uchrashuvida qiziqarli holat ro‘y berdi.
O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida tugagach, reglament bo‘yicha tomonlar penaltilar seriyasida g‘olibni aniqlashlari kerak bo‘ladi. Penaltilarning aynan qaysi darvozaga tepilishi odatda, hakam tomonidan qur'a natijasida aniqlashtiriladi. Bu safar esa, buni politsiyasi hal qildi.
Politsiyachilardan biri hakamning oldiga keldi va penaltilar so‘nggi 15 daqiqada «Byornli» darvozasi bo‘lgan tomonga ijro etilishi kerakligini aytdi.
Aynan qanday sabab bilan politsiya bunday ko‘rsatma bergani ma'lum emas. Balkim xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday qaror qabul qilingandir, zero aynan o‘sha darvoza ortida mehmon muxlislar o‘rin olgan edi.
Mavzuga oid
17:13 / 11.08.2023
Angliyada top-uchrashuvlar, Ispaniyada klasiko, Germaniyada final. Hafta o‘yinlari anonsi
10:10 / 12.05.2019
Chempionshipdan APLga chiqish uchun pley-off o‘yinlari boshlandi
09:00 / 06.05.2019
Chempionshipda APLga uchinchi yo‘llanma uchun kurashadigan 4 jamoa nomi ma'lum
18:41 / 28.04.2019