Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy tozalovchi ayol xonadondan 12,6 mln. so‘m mablag‘ni o‘mardi
2017 yiln 16 sentabr kuni soat taxminan 12:00larda, ayol kishi Yunusobod tumani hududida, fuqaro X.O.X.ning xonadonida uy tozalovchi sifatida bo‘la turib, uy egasining chalg‘iganligidan foydalanib, yotoqxonadan unga tegishli jami bahosi 12.600.000 so‘m va 100 AQSh dollar bo‘lgan mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Q.B.S. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
20:04 / 18.04.2025