Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobodda ikki fuqaro yarim kilogrammdan ortiq marixuana bilan qo‘lga tushdi
2017 yilning 20 sentabr kuni, taxminan soat 22:00 larda, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, fuqarolar B.B.A. va A.R.R.lar to‘xtatib tekshirilganda, ularning yonidan og‘irligi 630,89 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
09:01 / 28.04.2025
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi
22:03 / 17.03.2025
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi
11:50 / 08.02.2025