Sport | 09:20 / 24.09.2017
15962
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp tvitterda mashhur sportchilar bilan janjallashib qoldi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Milliy futbol ligasi (NFL) futbolchilarini vatanparvarlik hissi yetishmasligida tanqid qilgandan keyin, Milliy basketbol uyushmasining (NBA) mashhur o‘yinchisi Lebron Jyeyms tomondan keskin tanqid qilindi.

Avvalroq NFL o‘yinchilari AQSh madhiyasi ijrosi vaqtida norozilik aksiyasi uyushtirgandilar. Ular madhiya yangrayotganda tiz cho‘kib o‘tirib olishgan, bu esa AQShdagi qullik davrini eslatishi kerak edi. Ular shu tariqa hanuzgacha oq tanlilar va afroamerikaliklar o‘rtasida tenglik yo‘qligini ko‘rsatmoqchi bo‘lishgan.

23 sentabrda Tramp tvitterda Oq uyda bunday aksiyalarni uyushtiruvchi o‘yinchilarni ko‘rishni istamasligini aytgan.

"Agar o‘yinchi NFL’da yoki boshqa ligalarda millionlab dollarlar topishni istasa, unga Buyuk Amerika Bayrog‘iga (yoki Davlatiga) hurmatsizlik qilishiga yo‘l bermaslik kerak va u Milliy Madhiyamiz sharafiga o‘rnidan turishi lozim. Yo‘qsa, u BO‘ShATILADI. O‘zingga boshqa mashg‘ulot top!", deb yozgandi Tramp.

U, shuningdek, Oq uyga "Golden Steyt" baksetbol klubi o‘yinchisi, NBA chempionlari uchun AQSh prezidenti huzurida an'anaviy qabulga kelishi borasida shubha bildirgan Stefen Karrining tashrifini bekor qildi. 

Bunga javoban NFL rahbari Rojyer Gudell Trampni "odam ajratishni keltirib chiqaruvchi" so‘zlari uchun qoraladi. Shunda bahsga basketbolchi Lebron Jyeyms aralashgan.

U Trampni "bekorchi" yoki "ahmoq" deb tarjima qilinuvchi so‘z bilan haqoratlagan.

"Sen u yerda paydo bo‘lmaguninggacha, Oq uyga borish sharaf edi!", deb aytgan Jyeyms Trampga.

Mavzuga oid