Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bryusselda Brexit bo‘yicha muzokaralarning to‘rtinchi va yakuniy bosqichi boshlanadi
Bugun 25 sentabrda Bryusselda Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga bag‘ishlangan to‘rtinchi va so‘nggi bosqich muzokaralari boshlanadi. Ikki tomon ham 28 sentabrgacha davom etadigan muzokaralardan katta umid qilayotganini bildirishdi. Bunga 2 ta sabab bor: birinchidan, so‘nggi kunlarda London va Bryussel muzokaralar boshlanganidan buyon ilk marotaba jiddiy qadam tashladi, ikkinchidan, mazkur bosqich YeIning 19-20 oktabridagi sammiti oldidan so‘nggi va hal qiluvchi bosqichi bo‘lishi kerak.
Sammitga qadar tomonlar muzokaralarning ajralib chiqish masalasiga bag‘ishlangan birinchi davrini yakunlashi va o‘zaro munosabatlar qoidalarini aniqlab beruvchi ikkinchi bosqichiga o‘tishi kerak.
Umuman, Bryussel va London zarurat paydo bo‘lsa oyning oxirgi haftasida yana bir marta to‘planib, YeIning oktabr oyidagi sessiyasi avvalida qisqa uchrashuvni tashkil etishi mumkin.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
10:38 / 21.05.2025