Jahon | 18:10 / 25.09.2017
6624
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston energetika vazirligi Air Astana xavotirlariga javob berdi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Asat Magauov Air Astana aviakompaniyasining mamlakatda aviakerosin taqchilligi yuz berishi mumkinligi haqida bayonotiga javob qaytardi. Aviakompaniya respublikadagi doimiy aviaparvozlar to‘xtab qolishi mumkinligi haqida bong urgan edi. Tengrinews.kz muxbirining vazirga tayangan holda yozishicha, Air Astana bu kabi shov-shuvli bayonotlar berishdan avval energetika vazirligi bilan maslahatlashishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 

“Bundan tashqari, bizning ular bilan bevosita shartnomamiz bor. Ular bilan har qanday muammoni jonli tarzda muhokama qilamiz. Zavod faoliyatiga ta'sir qiladigan hech qanday kapital ta'mirlash haqida so‘z borayotgani yo‘q. Bahorgi kapital ta'mirlash chog‘ida barchasi modernizatsiya qilindi. Zavod K4 va K5 talablarini bajara oladi", - degan Magauov matbuot anjumanida. 

"Dala ekin ishlari tamomlanganidan so‘ng, Chimkent zavodidagi uskunalardan biri modernizatsiya qilinadi. Dizel yoqilg‘isini gidrotozalash qurilmasi o‘rnatiladi. Ammo bu aviakerosin va benzin ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir etmaydi", - deb qo‘shimcha qilgan vazir o‘rinbosari. Uning ta'kidlashicha, energetika vazirligi respublikadagi neft mahsulotlari bilan bog‘liq vaziyatni ijobiy deb baholamoqda. 

Mavzuga oid