Fan-texnika | 21:47 / 25.09.2017
14089
3 daqiqa o‘qiladi

Tarixga ketgan Cassini zondi tasvirga olgan eng yaxshi suratlar

2017 yil 15 sentabrda AQShning NASA agentligi Cassini koinot qurilmasining Saturn, uning halqalari va yo‘ldoshlarini o‘rganish bo‘yicha missiyasi yakunlanganini ma'lum qildi. Sayyoralararo qurilma gaz gigantining atmosferasiga kirib, yonib ketdi. Stantsiya o‘z faoliyati davomida uzoq sayyoraning ko‘plab ajoyib suratlarini Yerga yuborgan. Quyida shu suratlardan eng yaxshilarini e'tiboringizga havola qilamiz.

Quyidagi suratda Saturn va uning halqalari tasvirlangan. Bu sayyoranining Cassini ancha uzoqdan turib suratga olgan oxirgi suratlaridan biri. Unda sayyora o‘z halqalariga soya berayotganini ko‘rish mumkin.

Foto: nasa.gov

Bu surat Saturnning notinch atmosferasi haqida tasavvur beradi. Atmosferaning yuqori qatlamlari 96,3 foizga vodoroddan va 3,25 foizga geliydan iborat. Unda metan, ammiak, fosfin, etan va boshqa gazlar aralashmalari ham bor.

Foto: nasa.gov

Cassini Saturn atmosferasida katta shtormni olishga muvaffaq bo‘lgan. Suratda bu hodisaning oqibatlari yaqqol ko‘rinib turibdi.

Nazvaniye

Missiya doirasida Saturnning kichik yo‘ldoshi – Pananing eng batafsil suratlari olingan. Bu suratlarda Pana chuchvarani eslatib yuboradi.

Foto: nasa.gov

Bu surat Saturnning kattaligi bo‘yicha 6-raqamli yo‘ldoshi Entselad sirtini namoyish qiladi. Cassini uskunalari tomondan yig‘ilgan ma'lumotlar bu yo‘ldoshning muz qatlami ostida suv borligi haqida gapirishga ijozat beradi.

Foto: nasa.gov

Saturnning yana bir yo‘ldoshi – Giperion o‘z sirtining noodatiy tuzilishi bilan hayratlantiradi. U kraterlar bilan "ilma-teshik qilib tashlangan". 

Foto: nasa.gov

Saturnning 3-raqamli yo‘ldoshi – Yapet haqida ham gapirib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Bu yo‘ldoshning asosiy xususiyati "ikki yuzligi"dadir: Yapetning old yarimshari qop-qora bo‘lsa, orqa yarimshari yangi yoqqan qordek oppoqdir.

Foto: nasa.gov

 

Mavzuga oid