Jahon | 07:59 / 28.09.2017
19431
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh aviatsiyasi Afg‘onistonda tinch aholiga zarba berdi

Foto: AP

Pentagon AQSh aviatsiyasi Afg‘onistonda jangarilar hujumini qaytarish vaqtida tinch aholiga tasodifan zarba berganini tan oldi.

Voqea oqibatida jabrlanganlar bor, deb ma'lum qildi Afg‘onistonda AQSh va uning ittifoqdoshlari o‘tkazayotgan “Qat'iy ko‘mak” operatsiyasi shtabi. Voqea Kobul aeroporti atrofida jangarilar hujumini qaytarish vaqtida yuz bergan.         

“Afg‘on xavfsizlik kuchlariga ko‘mak ko‘rsatgan AQSh kuchlari raketalaridan biri noto‘g‘ri ishladi va oqibatda jabrlanganlar bor. “Qat'iy ko‘mak” tinch aholiga ziyon yetkazilganidan chuqur afsusda”, deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan tergov boshlangan.

Afg‘onistonning “Pajvak” axborot agentligi ma'lum qilishicha, raketa zarbasi oqibatida bir kishi  halok bo‘lgan, 4 kishi yaralangan. 

Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi vakili jangarilar otgan bir nechta raketa aeroport yaqiniga tushganini ma'lum qilgan. Tolo News telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, aeroport va uning atrofidagi hududlarga 20-30 ta raketa bilan zarba berilgan. Zarbalardan maqsad esa NATO bazasi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.   

Keyinroq telekanal aeroportning o‘qqa tutilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga toliblar olganini ma'lum qilgan. Toliblar hujumidan maqsad AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bo‘lganini aytishgan. Keyinroq IShID ham ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. 

Mavzuga oid