Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxiatosh IESni modernizatsiya qilishga 678 mln. dollar investitsiya qilinadi
Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ-3264-son qarori bilan «Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatdagi ikkita bug‘-gaz qurilmalari qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun: Taxiatosh IES 1974 yilda qurilgan. Uning o‘rnatilgan quvvati - 730 MVt., ishlatiladigan yoqilg‘i – tabiiy gaz, zaxira yoqilg‘i – mazut.
2015 yilda investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangan. Uning umumiy qiymati – 678,26 mln AQSh dollari, ulardan:
• 300 mln AQSh dollari – Osiyo taraqqiyot banki zayomi;
• 230,7 mln AQSh dollari – O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti;
• 27,3 mln AQSh dollari ekv. –«O‘zbekenergo» AJning o‘z mablag‘lari;
• 120,2 mln AQSh dollari ekv.– O‘zbekistonning imtiyozlar va preferensiyalar ko‘rinishidagi hissasi.
Xalqaro tender savdolari yakunlari bo‘yicha «O‘zbekenergo» AJ «Nyundai Engineering Co. Ltd.» va «Nyundai Engineering & Construction Co. Ltd.» kompaniyalari konsorsiumi bilan ikkita bug‘-gaz qurilmalarini “foydalanishga tayyor holda” qurish yuzasidan kontrakt tuzdi. Keyinchalik optimallashtirishni inobatga olgan holda kontraktning umumiy summasi 103,96 mln yevro va 318,1 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Qaror bilan qator tashkiliy masalalar tartibga solingan. Loyiha qatnashchilariga davlatning soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari taqdim etildi.
Mavzuga oid
15:59 / 18.04.2025
Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi
22:30 / 19.09.2024
Foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlarda mevali bog‘lar barpo etiladi
16:25 / 08.08.2022
O‘zbekistonda gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi
07:49 / 26.04.2021