Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepada yuk mashinasi ichidan 5,5 mln. so‘mni o‘margan shaxs ushlandi
2017 yilning 23 sentabr kuni taxminan soat 17:00larda N.A.X. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Uchtepa tumanida joylashgan uyning yonida bo‘la turib, fuqaro S.U.J.ga tegishli bo‘lgan “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi eshigi ochiqligidan foydalanib, uning salonidan 5.500.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025