Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonlik yoshlar O‘zbekistonda temir yo‘l sohasida tahsil oladi
Joriy yilda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Mazkur tashrif doirasida eng avvalo, iqtisodiy hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston transport-kommunikatsiya sohasida bir necha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Abdul Ahad Holiqyor ma'lum qildi.
"O‘zbekiston Prezidenti xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan tadbirlarda, anjumanlarda Afg‘oniston haqida juda ham iliq, samimiy fikrlar bildirib kelgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar jadal sur'atlarda rivojlanib kelmoqda.
O‘zbekiston turli sohalarda malakali kadrlar yetishtirib chiqarish bo‘yicha yuqori tajribaga ega bo‘lib, transport-kommunikatsiya, milliy kadrlarni tayyorlash, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda Afg‘onistonga yordam berishga tayyor ekanini bildirgan. So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonning temir yo‘l va qurilish sohalaridagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji katta. Yaqin kunlarda bizning bir guruh yoshlarimiz temir yo‘l sohasida, o‘qituvchilarimiz esa pedagogika sohasida ta'lim olish uchun O‘zbekistonga yuboriladi. O‘ylaymizki, bu borada kerakli shartnomalar imzolanadi", - deya qayd etdi elchixona maslahatchisi.
Shuningdek, anjuman chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston muammo emas, balki umumiy mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlikni qayta tiklash jarayonlarining bir qismi bo‘lishi kerak ekanligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025