Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«El-klasiko» xavf ostida. «Barselona» boshqa chempionatga o‘tib ketishi mumkin
Agar Kataloniya Ispaniyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqsa, «Barselona»ning o‘zi aynan qaysi chempionatda to‘p surish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Kataloniya sport vaziri Jyerar Fiyeras gapirib o‘tdi. Uning fikriga bu chempionatlar Angliya, Fransiya yoki Italiya kabi qo‘shni davlatlar ham bo‘lishi mumkin.
«Barselona», «Espanol» va «Jirona» bu masalani o‘zaro hal qilib olishlari kerak: Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishadimi, yoki Italiya, Fransiya yoki Angliya chemipionatlaridan birini tanlashadimi.
UYeFA bir jamoaning o‘z milliy chempionatida emas, boshqa mamlakat chempionatida ishtirok etishiga qarshilik qiladi deb o‘ylamayman», — deya Fiyerasning so‘zlarini keltiradi Britaniya tabloidi Mirror.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bunday hech qanday bir fantastik o‘ylanadigan jihatlar yo‘q. Oddiy misol sifatida Andorraning «Andorra» nomli jamoasi allaqachon Ispaniya chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Ular hozir beshinchi divizionda to‘p surishmoqda. Boshqa bir misol «Monako». ular Fransiya chempionatida to‘p surishmoqda
Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr kuni Kataloniyada hududning Ispaniyadan ajralib chiqib, mustaqqil bo‘lishini yoqlash yoki rad etish bo‘yicha referendum tashkil qilinadi. Ispaniya Konstitutsion sudi ularning qarorini noqonuniy deb topgan, ammo Kataloniya hukumati sudning bu qarorini tan olmayapti.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025