Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament Kataloniya mustaqilligiga doir referendumni qonuniy deb hisoblaydi
Kataloniyaning mustaqilligi to‘g‘risidagi referendum qonuniy hisoblanadi, shu munosabat bilan ispan politsiyasining kuch ishlatishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yevroparlament raisi o‘rinbosari, "Yashillar"ning avstriyalik yevrodeputati Ulrike Lunachek yakshanba kuni shunday bayonot bilan chiqdi.
"Aslini olganda, referendum qonuniy hisoblanadi, ammo Shotlandiya tajribasining ko‘rsatishicha, u Madrid bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Shu bilan birga, markaziy hukumat muloqot blokadasini to‘xtatishi kerak", - deyiladi Yevroparlament rahbari o‘rinbosarining bayonotida.
"Yevropadagi barcha demokratlar kabi men ham Kataloniyadagi vaziyatning yomonlashuvidan shokdaman. Men ispan kuch tuzilmalari tomonidan rezina o‘qlar va tayoqlarning qo‘llanishini qoralayman va deeskalatsiyaga chaqiraman. Yevroparlamentdagi "Yashillar" fraksiyasi bilan birga Yevrokomissiyani Ispaniya markaziy hukumati va Kataloniya mintaqaviy hukumati o‘rtasida vositachi bo‘lishga chorlab qolaman. XXI asrda mustaqillikka doir referendumning fuqarolik urushiga yaqin holatga kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deya ta'kidladi Lunachek.
Kataloniyaning Ispaniya tarkibidan chiqishiga doir referendum yakshanba kuni bu mintaqaning butun hududi bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Plebistsit Kataloniya hukumati tomonidan bir tomonli tartibda, ovoz berishni noqonuniy hisoblovchi Madrid ruxsatisiz belgilandi. Barselonada referendum qonuniy ekani ta'kidlanmoqda.
Mavzuga oid
10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
11:45 / 21.12.2024
Yevroparlamentda O‘zbekistonga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi
15:51 / 29.11.2024