Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Kataloniya referendumida o‘t o‘chiruvchilar xalq tarafiga o‘tdi
Bugun, 1 oktabr kuni Kataloniya mustaqilligi masalasiga oydinlik kiritish maqsadida xalq referendumi o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Ammo rasmiy Madrid bu harakatni qonundan tashqari, deb e'lon qildi hamda mahalliy politsiya kuchiga tayangan holda referendum jarayonlariga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lmoqda.
Ayni paytda Kataloniya mahalliy o‘t o‘chirish xizmati xodimlari aholini politsiya qarshiligidan himoya qilishga jazm etishgan. Ular xalq va politsiya o‘rtasida jonli devor hosil qilishgan. Politsiya va o‘t o‘chirish xodimlari to‘qnashuvlari tasvirlari paydo bo‘lgan.

Kataloniya ma'muriyatining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, oldindan tayyorlangan referendum uchastkalarining 96 foizi faol ishlab turibdi, shuningdek, saylovchilar davomati 50 foizdan ortdi.
Mavzuga oid
10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024