Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir atletika vazn yo‘qotdi. 10ta davlat xalqaro turnirlardan chetlatildi
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) doping bo‘yicha ayblovlar tufayli Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Belarus, Ozarboyjon, Armaniston, Turkiya, Ukraina, Moldova va Bolgariyaga nisbatan qat'iy choralar ko‘rdi. Endi ushbu davlatlar sportchilari shu yilning noyabrida AQShda o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Yuqorida nomlari sanalgan davlatlarning sportchilari 2008 va 2012 yilgi xalqaro turnirlardagi ishtiroki uchun o‘tkazilgan doping sinovlaridan o‘ta olmagan. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi qo‘llagan jazo muddati bir yil uchun amal qiladi.
Bolgariyaga ushbu mamlakat federatsiyasi 2015 yilda qo‘llangan 500 ming dollarlik jarimani to‘lamagani uchun jazo berilgan.
Endilikda AQShdagi jahon chempionatida asosiy yetakchi KXDR bo‘lib qoladi, bu mamlakatdan 7 nafar sportchi (5 ayol va 2 erkak) turnirda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
18:41 / 22.10.2024