Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda dunyodagi eng yirik fotosurat gardishi ochiladi
Dubayning yangi diqqatga sazovor binosi — dunyoning eng yirik fotosurat gardishi — shu yilning noyabr oyida ochiladi, deb bayonot bermoqda amirlik-shahar hokimiyati.
43,6 million dollarlik loyiha 2013 yili boshlangan bo‘lib, rasman 2015 yilda ochilishi kerak edi. Ammo keyinchalik u qoldirildi.
Uning balandligi 150 metr, eni 93 metrni tashkil etadi. Inshoot Zabeel Park ko‘ngilochar bog‘ida joylashgan bo‘lib, shakli bilan foto yoki kartina gardishini yodga soladi. U orqali bir tomondan shaharning zamonaviy qismiga, ikkinchi tomondan eski shahar qismiga ko‘rinish ochiladi.
Fotogardishning birinchi qavatida muzey va ko‘rgazmalar zali bo‘ladi. Tomosha lifti tashrif buyuruvchilarni tepaga olib chiqadi, u yerdan shaharni tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Qurilishda ishlatilgan materiallar yonmaydigan va xavfsizlik me'yorlariga to‘la javob beradi.
Fotogardish binodagi barcha ishlar shu oy oxirigacha tugaydi. Noyabr oyidan tashrif buyuruvchilar kiritiladi. Qurilishning cho‘zilishiga qurilish materiallarining yetishmasligi sabab bo‘lgan.
Unga kirish uchun chiptalarni mobil ilova orqali xarid qilish ham mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025