Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Coca-Cola HBC rahbari hayotdan ko‘z yumdi
Coca-Cola Hellenic Bottling Company (Coca-Cola HBC) kompaniyasi rahbari Dimitris Lois 2 oktabr kuni hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmatida xabar berildi.
"Coca-Cola HBC bugun chuqur qayg‘u bilan o‘z rahbari Dmitris Loisning 2017 yil 2 oktabrida hayotdan ko‘z yumganini ma'lum qiladi", - deyiladi kompaniya relizida. Kompaniya sentabr oyida Loisning sog‘lig‘idagi ba'zi muammolar sabab rahbarlik lavozimini vaqtinchalik tark etishi haqida e'lon qilgandi.
"Dimitrisning o‘limi haqidagi xabardan chuqur qayg‘udamiz. Uni shaxsan tanish va ko‘p yillar davomida birga ishlash katta sharaf bo‘ldi", - deydi Coca-Cola HBC direktorlar kengashi raisi Anasteyssis Devid.
Mixalis Imellos hozircha kompaniya rahbari vazifasini bajarishni davom ettiradi, deyiladi relizda.
Coca-Cola Hellenic – The Coca-Cola Company tovar belgisi ostidagi ichimliklarni ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. Coca-Cola Hellenic 28 mamlakatda o‘z biznesini yuritadi. 2017 yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra, kompaniyada taxminan 29,6 ming kishi ishlaydi.
Mavzuga oid
16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda
08:11 / 14.12.2024
Kanadada har yigirmanchi o‘limga evtanaziya sabab bo‘lmoqda
17:35 / 25.10.2024
O‘zbekistonda tug‘ilish kamaydi, o‘limlar soni esa oshdi
14:45 / 18.07.2024