Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jozep Bartomeu Kataloniya mustaqil bo‘lsa, «Barselona» tutadigan yo‘l haqida gapirdi
«Barselona» prezidenti Joze Bartomeu Kataloniyadagi referendum kuniga to‘g‘ri kelgan «Las-Palmas» bilan uchrashuvni qoldirmasdan o‘tkazishga qaror qilgani, faoliyatidagi eng og‘ir qaror bo‘lganini ta'kidladi. Muxlislarsiz o‘tgan uchrashuvda «Barselona» 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
«Ko‘p muxlislar uchrashuv qoldirilishini istashganini yaxshi tushunib turibmiz. Shu boisdan ham bu prezidentlik faoliyatimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo‘lganini aytishni istagan bo‘lardim. Biz o‘yinni qoldirish uchun ko‘p urindik, ammo buni uddalay olmadik. Liga iltimosimizga umuman ko‘nmadi.
Agar Kataloniya mustaqil bo‘lishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, agar shunday voqea sodir bo‘lsa klub qaysi chempionatda o‘ynashni o‘zi hal qiladi», — deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi Marca .
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kataloniya sport vaziri Xerard Figeras mahalliy klub istasa, Angliya, Italiya yoki Fransiya chempionatida to‘p surishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025