Jahon | 19:40 / 04.10.2017
15141
2 daqiqa o‘qiladi

Putin boylar va nochorlar o‘rtasidagi tavofutga tushuntirish berdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirda boylar va nochorlar o‘rtasida kuzatilayotgan tavofutni 1990-yillarning "shok terapiyasi" bilan tushuntirmoqda. Uning fikricha, bu holat iqtisodiy siyosatdagi xatolar bilan bog‘lanmagan. 

"Bu xato emas, balki Rossiya iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasi rivojlanishidagi tendensiyadir", deb aytdi Putin "Rossiya energetika haftasi" forumi yig‘ilishida. Putinning fikricha, boylar va nochorlar daromadlari o‘rtasidagi tavofut 1990-yillarning "shok terapiyasi" keltirib chiqargan "yomon tendensiya" bilan shartlangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklarning oxirgi 3 yil ichidagi daromadlari 20 foizga kamaygan. 22 mln ga yaqin rossiyalik yashash minimumidan kamroq daromad oladi.  

2017 yilda rahbarlar va yetakchi mutaxassislar maoshi eng ko‘p miqdorda oshgan. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin sentabr oxirida rossiyaliklarning real maoshlari 2017 yil yakuniga ko‘ra 3 foizga, 2018 yil yakuniga ko‘ra esa 4 foizga oshishiga va'da bergan.  

Mavzuga oid