O‘zbekiston-Rossiya: Hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashqlari davom etmoqda (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugining tog‘-o‘qchilari bo‘linmalari harbiy xizmatchilari hamkorligidagi maxsus taktik o‘quv mashqlari davom etmoqda, deb xabar berdi KUN.UZ’ga mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
O‘quv mashqlari doirasida ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirokida «O‘tish murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo‘q qilish bo‘yicha aksilterror operatsiyalarni tashkil etish va o‘tkazish» mavzusida harbiy ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda aksilterror harakatlarni tashkil etishning o‘ziga xos muhim jihatlari, bo‘linmalarni boshqarish, nostandart qarorlar qabul qilish, qurol-yarog‘ va boshqa zarur anjomlardan foydalanish uslublari, hamkorlikdagi harakatlarni rejalashtirish masalalari muhokama qilinib, o‘zaro fikr-mulohaza almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari podpolkovnik Po‘lat Sotivoldiyev, harbiy okrug boshqarma va bo‘lim boshliqlari tog‘ murakkabliklarining jangovar harakatlarni o‘tkazishga jiddiy ta'siri, noqonuniy qurollangan kuchlarning tarkibi, qurollari va jang olib borish taktikasi bo‘yicha, shuningdek ularga qarshi artilleriya hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarining qo‘llanilishi borasida ma'lumot berishdi. Ma'ruzalar qiziqish bilan tinglandi.
Shundan keyin hamkorlikdagi maxsus taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladigan hududda ikki mamlakat harbiylari ishtirokida maqsad va vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘rgazmali tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda podpolkovnik Zuhriddin Rahimov rahbarligidagi tog‘ o‘qchi bo‘linmasi harbiy xizmatchilari real xavf va tahdidlarni qaytarish borasida yetarli tajribaga ega ekanliklarini namoyish qildilar.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024