Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada kema halokatga uchradi, qurbonlar ko‘p
Nigeriyaning shimoli-g‘arbiy qismida kemaning halokatga uchrashi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, 26 inson bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda PM News Nigeria gazetasi xabar qilmoqda.
60 yo‘lovchi bo‘lgan kema Niger daryosi bo‘ylab harakatlangan.
Gazetaning mahalliy hukumatga asosan xabar berishicha, 22 kishi halok bo‘ldi, yetti kishi qutqarildi. "Tirik qolganlardan ba'zilari kema daryoda katta xoda bilan to‘qnashib ketgani, so‘ng ag‘darilganini aytishdi", - degan Nigeriyaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy boshqarmasi xodimi Malam Husayniy Ibrohim.
Avvalroq, rasmiylar bu kema haddan tashqari ortiqcha yuklangan bo‘lishi mumkinligini aytishgandi, buning natijasida qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Mavzuga oid
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
12:22 / 17.04.2025