Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Terma jamoalarning a'zolari sport maktablari shtatiga kiritiladi
2017 yil 10 avgustdagi PQ–3196-son prezident qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentabrdagi 733-son qarori bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari shtatlar jadvaliga “sportchi” lavozimi kiritilishi belgilandi. Bu haqda Norma.uz xabar qilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, ushbu lavozimga Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportchilari qabul qilinadi.
Tegishli davlat organlari 2 oy muddatda “sportchi” lavozimiga qo‘yiladigan talablarni, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi lozim.
Hujjat 2017 yil 25 sentabrda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025