Fan-texnika | 16:15 / 05.10.2017
12995
3 daqiqa o‘qiladi

Toyota yangi sedanini taqdim etdi

Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi yangi avloddagi Century sedani haqidagi ma'lumotlarni oshkor qildi. Avtomobilning ommaviy namoyishi 26 oktabr kuni Tokiodagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bergan. Motor-shouda mashina prototipi namoyish etiladi, ammo kompaniyadan ta'kidlashlaricha, kontsept seriyali nusxadan farq qilmaydi.

Century Yaponiyada 1967 yildan buyon ishlab chiqariladi, hamda uchinchi avloddagi sedanning dizayni hech qanday katta o‘zgarishlarga uchramadi. Avtomobil uzunligi 5335 mm, kengligi esa 1930 mm.ga teng. G‘ildirak bazasi hajmi 3090 millimetr. Yangilik 5 litrlik benzinli V8 motorini o‘z ichiga olgan gibridli kuch qurilmaga ega. Century’ning dinamik xususiyatlari sir saqlanmoqda.

Foto: Toyota 
Foto: Toyota 
Foto: Toyota 

Shuningdek, kompaniyadan aytishlaricha, sedanga maxsus g‘ildiraklar o‘rnatiladi, ular nafaqat yo‘lda tebranishni kamaytiradi, balki kamroq shovqin ham yaratadi. Mashinaning orqa yo‘lovchilari uchun massaj funksiyasi, 20 dinamikli audiotizim, sensorli displey va orqaga tortiladigan oyoq qo‘yadigan joy mavjud.

Bundan tashqari, Toyota Tokiodagi avtosalonda TNGA platformasida quriladigan Crown sedanining yangi avlodini taqdim etadi. Kompaniyadan va'da berishlaricha, yangilik avvalgi nusxadan yaxshiroq boshqaruv va kamroq og‘irlik bilan farq qiladi. Avtomobil uzunligi 4 910 mm, kengligi esa 1800 mm.ga teng. G‘ildirak bazasi hajmi - 2 920 millimetr. Crown katta radiator panjarasi, nurdiodli optika, keng g‘ildiraklarga ega bo‘ladi.

Foto: Toyota 
Foto: Toyota 

Toyota’ning Tokiodagi avtosalonda yana bir premerasiga BMW bilan hamkorlikdagi platformada quriladigan yangi Supra aylanadi. U nemis turbomotorlari bilan jihozlanadi: ikki litrlik "to‘rttalik" va uch litrlik olti silindrli qurilma. Bundan tashqari, gibrid versiya ham rejalashtirilgan bo‘lib, u, ehtimol, old o‘qida elektromotorli to‘la uzatmaga ega bo‘ladi. Yaponiya brendi model qatorida mashina GT86’dan yuqori pog‘onada joylashadi va yapon kompaniyasining yangi kupesiga aylanadi.

Mavzuga oid