Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya suriyalik kurdlarga qarshi harbiy operatsiya boshlashga tayyorligini bildirdi
Turkiya Suriyaning Afrin shahrida suriyalik kurdlar mudofaa kuchlariga (YPG) qarshi harbiy operatsiya boshlashga tayyor. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin ma'lum qildi.
Anqara YPG’ni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan bog‘langan terrorchilik tashkiloti deb hisoblab keladi. Oxirgi haftalarda OAVda turk harbiy texnikasi va qo‘shinlarining Turkiyaning Afrin bilan chegaradosh bo‘lgan Xatay viloyatiga tortilayotgani ma'lum qilingan.
"Biz zarurat bo‘lganda vaziyatga aralasha olamiz, transchegaraviy operatsiya uchun barcha tayyorgarlik yakunlangan", deb aytgan Kalin TRT telekanali efirida.
Uning aytishicha, Turkiya operatsiyani uning milliy xavfsizligi tashqi kuchlar xavfi ostida qolgan deb topganda o‘tkazadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025