Jamiyat | 19:30 / 06.10.2017
8142
2 daqiqa o‘qiladi

BMT ma'ruzachisi Farg‘onaga tashrif buyurdi

BMTning din va e'tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona shahriga tashrif buyurdi. Viloyat milliy madaniy markazi hamda diniy konfessiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdan boshlandi.  

Ahmad Shahid milliy madaniy markazlaridagi sharoitlar bilan tanishar ekan, turli millat vakillari ishtirokida o‘zaro suhbatlar o‘tkazildi.

Muloqotlar muqaddas dinimiz, milliy-diniy urf-odatlarimizni asrab-avaylash mavzularida bo‘ldi. Albatta, yurtimizda bu boradagi amal oshirilgan va hozirda ham davom etayotgan ishlar dunyo hamjamiyatining e'tiboridadir. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik muhiti, xalqimiz farovonligi asosi ham millatlararo tenglik kafolatlanganidan.  

Tashrif davomida delegatsiya a'zolari ishtirokida milliy madaniy markazlar rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik  me'yorlarining amaliyotiga e'tibor yanada kuchaytirilgani e'tirof etildi.  

Shu kuni  BMT vakillaridan iborat delegatsiya   Buxoro viloyatiga jo‘nab ketishdi.

Ahror Ziyo, Farg‘ona
 

Mavzuga oid