Jamiyat | 09:30 / 06.10.2017
17327
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yo‘l belgilariga javobgar bo‘lgan yangi korxona tashkil etildi

Foto: © Pixabay/ Montaplex

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2 oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi qoshida “O‘zavtoyo‘lbelgi” Davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni chiqardi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori bilan “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUK tashkil etildi. Uning ta'sischisiga O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo‘llar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi aylandi.

“O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning asosiy vazifalari orasida avtomobil yo‘llarini yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnik siyosatni olib borish, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish, avtomobil yo‘llarida uzoq muddat davomida foydalaniladigan chidamli yo‘l belgilarini chizish uchun materiallar ishlab chiqarish kabilar bor.

Qaror bilan “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUK boshqaruvi apparati tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, korxonaga umumiy maydoni 556,88 kv.m. bo‘lgan yo‘l belgilarini ta'mirlash bo‘yicha sex, “Avtomagistral” ixtisoslashtirilgan yo‘l ta'mirlash-qurilish birlashmasi” beriladi.

Mavzuga oid