Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 mlrd. 30 mln. so‘m pulga chuv tushirgan shaxs ushlandi
Hozirgi kunda Navoiy shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limida, ushbu shaharda joylashgan mas'uliyati cheklangan jamiyat rahbari 1974 yilda tug‘ilgan F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
F.T.ning ustidan kelib tushgan arizada, u Navoiy shahrining 18-mikrorayon hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 8 ta ikki xonali va 4 ta bir xonali uylarni olib berishini va'da qilib, fuqarolardan 1 mlrd. 30 mln. 400 ming so‘m pulni olib, qochib yurgani ko‘rsatilgan.
Firibgar rahbar ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025