Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh yaqinida halok bo‘lgan rohingya musulmonlari soni ortdi
Bangladeshdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qayiqning ag‘darilib ketishi oqibatida halok bo‘lgan rohingya qochqinlari soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda Dhaka Tribune gazetasi mahalliy sohilni qo‘riqlash xizmatiga asosan xabar bergan.
Avvalroq ikki kishi o‘limi haqida ma'lum qilingandi.
«Biz ikki nafar rohingyaning jasadini kecha kechqurun chiqarib oldik, yana o‘n nafari bugun ertalab (dushanba) aniqlandi», - degan Bangladesh sohilni qo‘riqlash xizmati vakili Ariful Islom.
Hodisa yakshanba kuni Naf daryosida sodir bo‘ldi, u Bangladesh va Myanma chegarasining bir qismi sanaladi. Sohilni qo‘riqlash xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, qayiqda kamida 40 kishi bo‘lgan, ularning sakkiz nafari qutqarilgan. Qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tish chog‘ida rohingya musulmonlarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq birinchi hodisa emas.
Ma'lumot uchun, Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tgan rohingya musulmonlarining umumiy soni 800 ming kishidan oshib ketdi.
Mavzuga oid
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
23:39 / 12.11.2024
Bangladesh Interpoldan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishda yordam so‘radi
21:19 / 02.11.2024
Bangladeshning sifati kafolatlanmagan ba’zi dorilari Osiyo bozorlarini egallamoqda – OAV
19:20 / 17.10.2024