«Barselona» Neymar o‘rniga boshqa futbolchi topdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsiyalni sotib olish harakatiga tushib qolgan. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi Joze Mourino jamoasida asosiy tarkibga kirib keta olmayapti, «Barselona» esa Jyerar Deulofeu va Denis Suaresga raqobat qiladigan qanot hujumchisi izlamoqda.
«Barselona»da Marsiyalning jamoa o‘yiniga tezda moslashib ketishiga ishonishmoqda va shu boisdan uning «Old Trafford»dagi vaziyati klub tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda.
Marsiyal APLning joriy mavsumida oltita uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lib, shularning faqat bittasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Hujumchi hisobida 3 gol va 2 golli uzatma mavjud.
Mavzuga oid
11:33 / 27.09.2024
«Barsa»da ajoyib start va katta muammo: ter Stegensiz qolgan jamoaning ahvoli qanday kechadi?
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024