Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Sochidagi majlisda ishtirok etdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
10 oktabr kuni Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisining kun tartibi va hujjatlar loyihalari, shuningdek, hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning boshqa masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
17:07 / 08.04.2025
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
11:34 / 24.03.2025
Abdulaziz Komilov YeIning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi
16:26 / 12.12.2024